- 2026-03-25
- 6615
Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ekspert kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Smetova Jumabike Hamidullayevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) ixtisosligi bo‘yicha “Tarbiya fanlarini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi, shuningdek, Najmiddinov Murat Kamolovichning 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Mobil dasturiy ilovalar vositasida o‘quvchilarning fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi (Ichki ishlar akademik litseylari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyalari muhokama qilindi.
Muhokamalar jarayonida tadqiqotlarning dolzarbligi va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil etilib, ekspertlar tomonidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
