- 2026-03-25
- 5516
Buxoroda “Turk dunyosi geograflari xalqaro III kongressi” bo‘lib o‘tmoqda
Mazkur nufuzli anjumanda turkiy davlatlardan tashrif buyurgan yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Kongress doirasida barqaror rivojlanish, global iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda.
Ushbu xalqaro kongressda Samarqand davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov ham ishtirok etmoqda.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
