- 2026-03-27
- 5508
SamDPIda talaba-qizlarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud!
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida pedagogika fakulteti talaba qizlari o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi. Tadbir qizlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar chaqqonlik, epchillik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
