Samarqand davlat pedagogika instituti STEAM laboratoriyasida “Fanlararo STEAM ta’limi: mentorlar uchun zamonaviy tayyorlov kursi” doirasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

  • 2026-03-28
  • 5509

Seminar trener Gulchehra Fayzullayeva tomonidan olib borilib, unda “STEAM ta’limi va PBL metodikasining mohiyati” mavzusi atroflicha tahlil qilindi. Mashg‘ulot davomida STEAM yondashuvi asosida fanlararo loyihalarni ishlab chiqish, PBL metodikasiga mos topshiriqlar yaratish hamda ularni dars jarayoniga samarali integratsiya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Seminar yakunida mentorlarga o‘z kafedralarida aniqlangan muammolar asosida aniq yechimlarga yo‘naltirilgan loyihalar ishlab chiqish, ularning amaliy natijalarini tahlil qilish hamda taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, ushbu jarayon orqali ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post