OMOUS–2026: SamDPI talabalari xalqaro olimpiadada kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi!

  • 2026-03-29
  • 5519
OMOUS–2026: SamDPI talabalari xalqaro olimpiadada kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi!
OMOUS–2026: SamDPI talabalari xalqaro olimpiadada kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi!

2026-yil 23–28-mart kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Xalqaro ochiq matematika fan olimpiadasi – OMOUS–2026’da 600 nafardan ortiq iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Nufuzli musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Rossiya, Niderlandiya, Vengriya, Gretsiya va Turkmanistondan jami 87 ta jamoa qatnashdi.
Mazkur xalqaro olimpiadada Samarqand davlat pedagogika institutining iqtidorli talabalari — Erali Boyqobilov, Mehroj Otamurodov, Ilyos Shoqosimov hamda Asilbek Boymatovlar munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, talabalarimiz individual bahslarda 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi, jamoaviy bahslarda esa umumjamoa hisobida kumush  medalga sazovor bo‘ldi.
Individual bahslar natijalari:
• Erali Boyqobilov — bronza medal;
• Asilbek Boymatov — bronza medal.
Jamoaviy bahslar natijalari:
• Erali Boyqobilov — kumush medal;
• Mehroj Otamurodov — kumush medal;
• Asilbek Boymatov — kumush medal;
• Ilyos Shoqosimov — kumush medal.
Xalqaro maydonda yurtimiz va institutimiz sha’nini munosib himoya qilib, sovrindorlar safidan o‘rin olgan talabalarimizni hamda ularning ustozlarini samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post