O‘zbek xalqining oilaviy marosimlari va urf-odatlari

  • 2026-04-01
  • 5703
O‘zbek xalqining oilaviy marosimlari va urf-odatlari
O‘zbek xalqining oilaviy marosimlari va urf-odatlari

Pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida “O‘zbek xalqining oilaviy marosimlari va urf-odatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongiga milliy qadriyatlarni singdirish va an’analarimizni chuqur anglashga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Unda beshik to‘yi, sunnat to‘yi va nikoh marosimlarining mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati yoritildi. Talabalar sahna ko‘rinishlari va taqdimotlar orqali milliy urf-odatlarni amaliy namoyish etdilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post