- 2026-04-02
- 5507
Fizika hamda fizika va astronomiya yo‘nalishi talabalari uchun m-fizika.uz platformasi taqdim etildi.
Zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan ushbu platforma molekulyar fizika bo‘limini innovatsion yondashuvda o‘rganish imkonini beradi. Unda ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, virtual laboratoriyalar, videodarslar va testlar yagona tizimda jamlangan.
Platforma Samarqand davlat pedagogika instituti fizika kafedrasi assistenti Nuriddin Toshmurodov tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
🌐 Platformadan foydalanish https://m-fizika.uz/






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
