- 2026-04-06
- 1973
Samarqand davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” dasturi doirasida yirik ishlab chiqarish korxonalari hamda ta’lim tashkilotlari vakillari
Mazkur uchrashuvda “SamAuto” avtomobil zavodi, “ELXOLDING” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi hamda “Hayot yo‘li education” MChJ mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tadbirni institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov ochib berdi.
Uchrashuv davomida “SamAuto” avtomobil zavodining avtobus yig‘uv bo‘limi boshlig‘i Abduvohid Ko‘liyev hamda xodimlarni tanlash bo‘yicha mutaxassis Marlen Sayidov korxonada yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ishlab chiqarish yo‘nalishlari va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, “ELXOLDING” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi vakili Bekzod Ubaydullayev tomonidan tashkilotda mavjud imkoniyatlar, amaliyot o‘tash sharoitlari hamda ishga joylashish istiqbollari yuzasidan atroflicha tushuntirish berildi.
Bundan tashqari, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishni rejalashtirayotgan bitiruvchilar uchun “Hayot yo‘li education” MChJ rahbari G‘ayrat Haydarov tomonidan xorijiy OTMlar, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qish imkoniyatlari bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.






