Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

  • 2026-04-09
  • 1652

Mazkur tadbirda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Yo‘ldoshev, shuningdek, viloyatdagi barcha tumanlar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari hamda kadrlar bo‘limi boshliqlari ishtirok etdilar. Ular bitiruvchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha va asosli javoblar berdilar. Uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ishga joylashish tartibi hamda kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan bevosita fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Share This Post