Zulfiya mukofoti ortidagi qat’iyat: Talabalar bilan samimiy suhbat

  • 2026-04-09
  • 1771
Zulfiya mukofoti ortidagi qat’iyat: Talabalar bilan samimiy suhbat
Zulfiya mukofoti ortidagi qat’iyat: Talabalar bilan samimiy suhbat

Samarqand davlat pedagogika institutida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Yoshlar kuni” doirasida Zulfiya mukofoti sovrindori Mohigul Tohirova bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir avvalida institut rektori, professor Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, mehmonlarni yig‘ilganlarga tanishtirdi hamda Mohigul Tohirovaning hayot yo‘li, ilmiy va kasbiy faoliyati, erishgan yutuqlari va ibratli tajribasi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, bunday uchrashuvlar yoshlar, ayniqsa talaba-qizlarning shaxsiy va kasbiy rivojida muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi. Uchrashuv davomida Mohigul Tohirova Zulfiya mukofotiga erishish jarayoni, bu yo‘ldagi izlanish va mehnat, shuningdek, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. U o‘z nutqida shaxsiy rivojlanish, qat’iyat, o‘z ustida ishlash va maqsad sari izchil harakat qilish muhimligini alohida urg‘uladi. Shuningdek, psixologiya sohasidagi amaliy tajribalariga tayangan holda foydali tavsiyalar berib, talaba-qizlarni faol, tashabbuskor va o‘ziga ishongan bo‘lish zarurligini qayd etdi. ➡️ Tadbir savol-javoblar bilan davom etib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil javoblar oldilar. Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘lib, ularda yangi marralar sari intilish ishtiyoqini yanada mustahkamladi.

Share This Post