- 2024-03-29
- 2368
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida shoirlar ishtirokida adabiy kecha o’tkazildi.
Ilm-u fan - dengiz, ko’rinmas unda had,
Tolibi ilm unda g’avvosdir abad!
(Jaloliddin Rumiy)
Boshlang’ich ta’lim va gumanitar fanlar fakultetida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi mutaxassisi, shoira Zuhrabegim Eshonqulova va shoir Qurbonali Hasanov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Ushbu badiiy suhbatdan ko’zlangan asosiy maqsad talabalar orasida kitobxonlikni ommalashtirish, ularning ilmga bo’lgan qiziqishini badiiy adabiyot orqali yanada qo’llab-quvvatlashdir.
Tadbirda ijodkorlar o’z qalamiga mansub asarlaridan o’qib berdi. Talabalar bir qator qiziqarli savollarga shoirlardan javob oldi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati