SamDPI jamoasidan yuqori natija!

  • 2026-04-14
  • 2213
SamDPI jamoasidan yuqori natija!
SamDPI jamoasidan yuqori natija!

Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi “CAVA Men’s and Women’s Universiade Games–2026” Markaziy Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa davomida jamoamiz yuksak texnika, puxta tayyorgarlik, matonat va kuchli iroda namunasini ko‘rsatib, Vatanimiz hamda institutimiz sha’nini munosib himoya qildi. Mazkur natija sportchilarimizning mehnati, intilishi va jamoaviy hamjihatligining yorqin ifodasidir. Ushbu musobaqa ular uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi va kelgusi xalqaro maydonlarda yanada yuqori natijalarga erishishlari uchun mustahkam zamin yaratdi. Jamoamizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz hamda ularga Osiyo va jahon chempionatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz. Barakalla, O‘zbekiston faxrlari! Institut jamoasi sizlar bilan faxrlanadi!

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​

Tags
Share This Post