RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

  • 2026-04-16
  • 1742
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

➡️ Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish maqsadida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Samarqand shahar IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik Abdurasul Sulaymonov hamda institutning birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqovlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, kiberjinoyatchilik va firibgarlik tahdidlaridan ogohlikni oshirish, shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 💬 Tadbir ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

Share This Post