SamDPIda “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi

  • 2026-04-16
  • 2024
SamDPIda “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi
SamDPIda “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi

➡️ Bugun, 16-aprel kuni Samarqand davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, sportchi talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, ushbu olimpiada nafaqat talaba-yoshlar, balki butun jamiyatda ommaviy sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. 🎖 Tadbir yakunida yirik musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh institut talabalari medal va diplomlar bilan taqdirlandi.

Share This Post