- 2026-04-18
- 1573
Samarqand davlat pedagogika instituti STEAM laboratoriyasida “Fanlararo STEAM ta’limi: mentorlar uchun zamonaviy tayyorlov kursi” doirasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti STEAM laboratoriyasida “Fanlararo STEAM ta’limi: mentorlar uchun zamonaviy tayyorlov kursi” doirasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Seminar Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Abdulla Abdullayev tomonidan olib borildi. Unda xalqaro baholash tizimlari, mezonlarga asoslangan baholash hamda an’anaviy baholashning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, seminar davomida formativ va summativ baholashning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilib, baholash jarayonini shaffof va samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. 



