- 2026-04-20
- 2009
SamDPIda "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" aksiyasi davom etmoqda
Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur tashabbus amalga oshirilmoqda. ➡️ Dushanba — sport kuni munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi institut rektori Shahzoda Negmatova boshchiligida Qorasuv massividagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududida 5000 qadam yurish aksiyasini o‘tkazdi. 👥 “Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda institutning 200 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdi.






