Samarqand davlat pedagogika institutida Mas-Wrestling bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

  • 2026-04-20
  • 2138
Samarqand davlat pedagogika institutida Mas-Wrestling bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika institutida Mas-Wrestling bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika institutida institut talabasi, Mas-Wrestling federatsiyasi boshqarma boshlig‘i Nabiyev Amirjon tashabbusi bilan Mas-Wrestling bo‘yicha O‘zbekiston chempionati tashkil etildi. Musobaqaning ochilish marosimida institut rahbariyati vakillari, viloyat sport boshqarmasi mas’ullari hamda mamlakatimizning yetakchi sportchilari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida ishtirokchilarning vazn toifalariga muvofiq rasmiy vazn o‘lchash jarayonlari sport reglamentiga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazildi. ➡️ Shundan so‘ng bellashuvlarga rasmiy start berilib, sportchilar kuch, chaqqonlik va texnik mahoratini namoyon etgan holda g‘alaba uchun kurashga kirishdilar. Barcha ishtirokchilarga omad va yuksak natijalar tilab qolamiz.

Tags
Share This Post