Yosh ijodkorlar nigohida san’at va an’ana uyg‘unligi

  • 2026-04-23
  • 1417
Yosh ijodkorlar nigohida san’at va an’ana uyg‘unligi
Yosh ijodkorlar nigohida san’at va an’ana uyg‘unligi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Samarqand viloyat Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Samarqand davlat pedagogika instituti hamkorligida 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan an’anaviy “Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali” doirasida institutimizning tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. 🖼 Ko‘rgazmada talabalar tomonidan yaratilgan 400 dan ortiq ijodiy ishlar namoyish etilib, ular grafika, rangtasvir hamda amaliy san’at yo‘nalishlarini qamrab oldi. Har bir asarda yosh ijodkorlarning teran badiiy tafakkuri, nozik estetik didi hamda milliy an’analarga sodiqligi yorqin ifodasini topgan. ✅ Mazkur ijodiy ishlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Badiiy ijodkorlar uyushmasi hay’ati tomonidan yuksak e’tirof etilib, yosh rassomlarning salohiyati munosib baholandi.

Share This Post