- 2026-04-29
- 2110
SamDPI voleybol jamoasi — O‘zbekiston chempionati pley-off bosqichida
Samarqand davlat pedagogika institutining erkaklar voleybol jamoasi 2026 yilgi O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etib, pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Jamoa musobaqa davomida barcha raqiblariga qarshi keskin va murosasiz bahslarda o‘z salohiyatini namoyon etib, keyingi bosqichga chiqishga to‘laqonli haqli ekanini isbotladi. So‘nggi yillarda SamDPI erkaklar voleybol jamoasi mamlakat chempionatida barqaror yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Mazkur natijalar nafaqat jamoaning sport mahoratini, balki institutda sportga bo’lgan e’tiborni izchil rivojlanib borayotganini ham yaqqol namoyon etadi. Alohida ta’kidlash joizki, jamoa professional klublar hamda tajribali legioner o‘yinchilar jamlangan kuchli raqiblar bilan tengma-teng kurash olib bordi. Shunga qaramay, SamDPI jamoasi o‘zining jipsligi, qat’iyati va iroda kuchi evaziga pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu muvaffaqiyat institut jamoasi — talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda rahbariyat uchun katta g‘urur manbai bo‘lib, yangi marralar sari dadil qadam tashlashga undaydi. SamDPI jamoasining ushbu yutug‘i sport va ta’lim uyg‘unligining yorqin namunasi sifatida alohida e’tirofga loyiqdir.









