- 2026-04-27
- 1646
SamDPIda “Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam” marafoni tashkil etildi
Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti tillar va ijtimoiy fanlar fakultetida “Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam!” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi. Mazkur tadbirda 100 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda fakultet jamoasi faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida birlashdilar. Marafon bilan bir qatorda o‘tkazilgan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ishtirokchilarga kunni tetiklik, yuqori energiya va ijobiy kayfiyat bilan boshlash imkonini yaratdi.





