- 2026-04-28
- 1569
SamDPI talabasi Anvarjon Karimov Osiyo kubogi bronza medali sovrindori bo‘ldi
Koreya Respublikasida akademik eshkak eshish sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda bronza medal sovrindoriga aylandi. Quvonarlisi, terma jamoa safida Samarqand davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi Anvarjon Karimov ham qatnashib, jamoaning ushbu muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdi. O‘zbekiston terma jamoasi hamda sportchi talabamiz Anvarjon Karimovga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafar va omad tilaymiz!
