- 2026-04-28
- 1429
SamDPI voleybolchilari — viloyat chempioni!
Samarqand davlat pedagogika institutida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada SamDPI jamoasi munosib ishtirok etib, final bosqichida SamDU jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvda SamDPI voleybolchilari 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. ⚡️ Jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz va respublika bosqichida ulkan zafarlar tilaymiz!



