- 2026-04-30
- 1804
“Yoshlar kuni” doirasida Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev toyloqlik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayevning toyloqlik talabalar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi. Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuvda yoshlarning fikr va tashabbuslari, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama markazida bo‘ldi. Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan startap loyihalar, innovatsion g‘oyalar va tashabbuslarni amalga oshirish, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, uchrashuvda Toyloq tumanida yoshlar, ayniqsa oliy ta’lim bitiruvchilari uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda bandlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Institut va tuman o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani alohida e’tirof etildi. ➡️ Behzod Raxmatullayev yoshlarning bilim olishi, kasbiy salohiyatini oshirishi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi. Uchrashuv davomida Toyloq tumani hokimligi va institut hamkorligida toyloqlik talabalar o‘rtasida kitobxonlik tanlovini tashkil etish bo‘yicha ham kelishib olindi.









