Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoirasi Xosiyat Bobomurodova hamda “Shuhrat” medali sohibasi, ishq, erk va hurlik g‘oyalarini teran va ta’sirchan satrlarda kuylab kelayotgan shoira Guljamol Asqarov

  • 2026-04-30
  • 1703

Mazkur uchrashuv she’riyatga oshno ijodkor yoshlar, adabiyot ixlosmandlari hamda talaba-yoshlar uchun mazmunan boy ma’naviy va ijodiy muloqot maydoniga aylandi. Tadbir avvalida mehmonlar institut rektori Shahzoda Negmatova tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ma’naviy barkamollik markazi”ni ochib berdilar. Ushbu markaz talaba-yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularning axloqiy va psixologik kamolotini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Shundan so‘ng shoiralar ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xosiyat Bobomurodova va Guljamol Asqarovaning zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi o‘rni, ularning ijodi, inson ruhiyati va hayotiy haqiqatlarni badiiy ifodalashdagi mahorati haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir davomida Guljamol Asqarovaning “Cho‘g‘ ustida raqs” nomli yangi she’riy to‘plami taqdimoti o‘tkazildi. Kitobdan o‘rin olgan sara she’rlar haqida ham iliq fikrlar bildirildi. Talaba-yoshlar esa Vatan, muhabbat, sadoqat va ezgulikni tarannum etuvchi she’rlardan namunalarni mahorat bilan ijro etdilar. Adabiy kecha yakunida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar hamda institut qoshidagi akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilari institut rektorining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar. Mazkur tadbir yoshlar qalbida she’riyatga, milliy adabiyotga va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

Share This Post