- 2026-05-05
- 1052
Samarqand davlat pedagogika institutida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha maxsus akkreditatsiya jarayonlari muhokama qilindi
Samarqand davlat pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yilidan xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) magistratura ta’lim yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha maxsus akkreditatsiya jarayonlariga bag‘ishlangan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ➡️ Mazkur yig‘ilishda institut rektori boshchiligidagi akkreditatsiya jarayonlariga mas’ul xodimlar hamda ekspertlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida magistratura yo‘nalishini ochish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim dasturlarining mazmuni, ilmiy-pedagogik salohiyat, o‘quv-uslubiy ta’minot va sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. ➡️ Shuningdek, ekspertlar tomonidan ta’lim yo‘nalishini yanada takomillashtirish, uni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tavsiya va takliflar bildirildi.





