- 2026-05-07
- 1027
Samarqand davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yili uchun rejalashtirilgan 4 ta ta’lim dasturini maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-sonli “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Samarqand davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yili uchun rejalashtirilgan 4 ta ta’lim dasturini maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni davom etmoqda. 👍 Tashqi baholash bosqichi doirasida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Nodir Ergashev boshchiligidagi ekspertlar guruhi institutga tashrif buyurib, ta’lim dasturlarini joyida batafsil o‘rgandi. 👍 Jumladan, “Sport faoliyati: voleybol”, “Sport faoliyati: kurash”, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” hamda “Sun’iy intellekt” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, moddiy-texnik baza, ta’lim sifati va amaliy jarayonlar chuqur tahlil qilindi. 📌 Akkreditatsiya jarayonlari yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar alohida e’lon qilinadi.














