- 2026-05-06
- 1862
Yoshlar uchun zamonaviy sport maydoni barpo etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ–245-sonli “Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini таъминлаш мақсадида Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati, Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova institut hududida bunyod etilgan zamonaviy mini futbol sport maydonini ko‘zdan kechirdi.
➡️ Tashrif davomida mazkur sport inshooti institut talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim аҳамият kasb etishi alohida ta’kidlandi.
⚽ Shuningdek, yangi sport maydoni yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.
📌 Eslatma: mazkur sport maydonining tantanali ochilish marosimi Samarqand davlat pedagogika instituti tashkil etilganining 5 yilligi munosabati bilan ertaga — 7-may kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.



