9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika institutida “Xotira abadiy, qadr muqaddasdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

  • 2026-05-09
  • 1083

Tadbirda institut rektori Shahzoda Negmatova ishtirok etib, ushbu sana mamlakatimiz tarixi, xalqimizning jasorati hamda tinchlikning bebaho qadri haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etilib, ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning mardlik va fidoyiliklarini yod etish g‘oyalari tarannum qilindi. Ishtirokchilarga sharaf lentalari tarqatildi. Shuningdek, urush yillarining og‘ir sinovlarini boshdan kechirgan nuroniylarning xotiralari tinglandi va ajdodlar xotirasiga bag‘ishlab daraxt ko‘chatlari ekildi.

Share This Post