- 2026-05-11
- 1185
Rahbarga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan manzilli ishlar davom ettirilmoqda
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan uyushmagan hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishda qiynalayotgan yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular bilan individual yondashuv asosida ishlash hamda mas’ul vazirlik va idoralarni biriktirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tashabbus doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Shahzoda Negmatovaga ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasi belgilangan. Unga ko‘ra, Jomboy tumanining “Qoramo‘yin” mahallasidan 5 nafar yosh biriktirilgan. 📍 Bugun Shahzoda Negmatovaning “Qoramo‘yin” mahallasidagi ishsiz yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan individual suhbat tashkil etilib, ularning yashash sharoiti, muammolari hamda ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi. Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.






