- 2024-04-02
- 1605
Talabalar ishtirokida psixologik trening bo'lib o'tdi
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti psixologi Hafiza Ro'ziyeva talabalar uchun "Neyrografika" psixologik seminarini o'tkazdi.
Neyrografika - bu muammolar bilan ishlashning vizual usuli
va hayotni yaxshi tomonga o'zgartirish uchun samarali mashq.
Neyrografik rasmning maqsadi ongsiz qo'rquvlar, e'tiqodlar, zo'riqishlar, odamning o'tmishdagi hayotiy tajribalarini tasvirlashni o'z ichiga oladi.
Mashg'ulot talabalarda maqsad qo'yish, ichki ziddiyatlarni yumshatish, stress va rivojlanishga to'siq bo'ladigan
zararli odatlardan xalos bo'lish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam berdi.
Mashg'ulot oxirida talabalar o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdilar.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati