- 2026-05-13
- 1116
Buxoroda “Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqoti” bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Respublikasining turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yetakchi ayollari, davlat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar hamda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etmoqda. Ushbu xalqaro muloqotda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova ham qatnashmoqda. ➡️ Forum doirasida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim, ilm-fan, innovatsiya hamda gender tengligini ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.






