Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

  • 2026-05-14
  • 508
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev, viloyat narkologiya markazi direktori Nargiza Kenjayeva, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i O‘tkirbek Gulyamov, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Xurshid Safarov, institut rahbariyati vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida viloyat hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev institutning iqtidorli talabalari tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, u yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, boshqaruv faoliyatidagi tajribasi, hayot yo‘lida duch kelgan sinovlar hamda erishgan yutuqlari haqida talabalarga so‘zlab berdi. Shundan so‘ng viloyat narkologiya markazi direktori Nargiza Kenjayeva talabalarga giyohvandlik va psixotrop moddalar ta’siriga tushib qolishning salbiy oqibatlari, ushbu illatlarning inson salomatligi va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i O‘tkirbek Gulyamov ham so‘zga chiqib, bugungi kunda narkotik moddalar savdosi va ularni yetkazib berish bilan bog‘liq vositachilik holatlarida aynan yoshlar ishtiroki ortib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, bu kabi noqonuniy harakatlar uchun qat’iy javobgarlik va qonuniy jazo choralari mavjudligini hayotiy misollar orqali tushuntirib berdi. Shuningdek, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati mutaxassisi Xurshid Safarov tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etmaslik holatlari ortib borayotgani, ayniqsa yoshlar orasida boshqaruv huquqisiz transport vositalarini boshqarish oqibatida turli yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotgani qayd etildi. Talabalarga avtomobilda hamda piyoda harakatlanishda ehtiyot choralariga amal qilish yuzasidan profilaktik tavsiyalar berildi. 🧾 Tadbir yakunida “Talaba-yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’moliga qarshi kurash” mavzusidagi tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar taqdirlandi.

Share This Post