- 2026-05-15
- 1192
SamDPI jamoasi yengil atletika bo‘yicha viloyat bosqichi g‘olibi!
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning yengil atletika sport turi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘zaro kuch sinashib, sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. ➡️ Yakuniy natijalarga ko‘ra, Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi yuqori natija qayd etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi





