Samarqand davlat pedagogika instituti sportchi talabalarining “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” respublika final bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

  • 2026-05-20
  • 2038

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutiga O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Shavkatovna Mirziyoyeva, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Muxammadalievich Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ilxamovich Ikramovlar Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev hamrohligida tashrif buyurdilar. Yuqori martabali mehmonlarni institut rektori Shahzoda Negmatova kutib olib, institutda sportni rivojlantirish, “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlarini tashkil etish, sport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, talaba-yoshlarni ommaviy sport turlariga keng jalb etish hamda “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” g‘oliblarining respublika final bosqichiga tayyorgarligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, rektor talaba-sportchilarning respublika va xalqaro musobaqalardagi ishtiroki, erishgan yutuqlari hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, professional tayyorgarligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar haqida ham axborot taqdim etdi. ➡️ Uchrashuv yakunida mehmonlar tomonidan ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, sportchilar uchun zarur sharoitlarni yanada kengaytirish borasida taklif va tavsiyalar bildirildi.

Share This Post