SamDPIda "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" aksiyasi davom etmoqda

  • 2026-05-20
  • 1243
SamDPIda "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" aksiyasi davom etmoqda
SamDPIda "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" aksiyasi davom etmoqda

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur tashabbus amalga oshirilmoqda. Dushanba — sport kuni munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi institut rektori Shahzoda Negmatova boshchiligida Qorasuv massividagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududida 5000 qadam yurish aksiyasini o‘tkazdi. “Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda institutning 200 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdi.

Tags
Share This Post