- 2026-05-20
- 1499
“Talabalar ligasi” doirasida regbi-7 musobaqasi yakunlandi
Samarqand viloyatida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining hududiy 2-bosqichi doirasida regbi-7 bahslari bo‘lib o‘tdi. Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati hamda jamoaviy o‘yinini namoyish etib, qizg‘in va murosasiz bellashuvlarda ishtirok etdilar. Tomoshabinlar uchun nisbatan yangi bo‘lgan ushbu sport turi katta qiziqish uyg‘otdi. 🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra, Samarqand davlat pedagogika instituti regbi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. ✅ Institutimiz jamoasini ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!






