• Kirish

Korrupsiyaga duch kelganda nima qilish kerak?

  • 2024-04-02
  • 5258
Korrupsiyaga duch kelganda nima qilish kerak?

     Institut Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens- nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan talabalar ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. 

     Tadbirda talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar to'g'risida ma'lumot berildi. Xususan, unga qarshi kurashishga hamma birdek ma'sul ekanligi ta'kidlandi. Fakultetlarda tashkil qilingan "Adolat qutisi"dan, korrupsion holatlar haqida xabar berish mumkin bo'lgan ishonch talefonlari va telegram botlaridan foydalanish lozimligi qayd etildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING