- 2026-05-25
- 1038
Buxoroda ommaviy yurish marafoni tashkil etildi
Buxoro shahridagi tarixiy ARK qo‘rg‘oni hududida Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ommaviy yurish-marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashqlari o‘tkazildi. Tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar bilan bir qatorda Respublika pedagogika oliygohlarining rektor va prorektorlari ham faol ishtirok etishdi. Mazkur tadbir ishtirokchilarga nafaqat jismoniy faollikni namoyon etish, balki Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish imkonini berdi.







