- 2026-05-25
- 1134
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazildi.
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazildi. Mazkur aksiya doirasida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ish joyiga jamoat transporti, piyoda yoki ekologik toza transport vositalaridan foydalangan holda kelishdi. ➡️ Aksiya ekologik madaniyatni yuksaltirish, atmosfera havosini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoatchilikka ekologik mas’uliyat borasida shaxsiy namuna ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.






