- 2026-06-02
- 494
“Mehrli maktab” tarbiyalanuvchilariga bayram quvonchi ulashildi!
“Mehrli maktab” tarbiyalanuvchilariga bayram quvonchi ulashildi! 1-iyun — "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Shahzoda Negmatova “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar holidan xabar oldi hamda bolajonlarni bayram bilan tabrikladi. Shahzoda Negmatova dars mashg‘ulotlarida qatnashayotgan bolalar bilan individual suhbatlar o‘tkazib, ularning qiziqishlari, intilishlari va kelajakdagi orzu-maqsadlari bilan yaqindan tanishdi. Muloqot jarayonida bolalar hamda ularning ota-onalariga ezgu tilaklar bildirib, bayram munosabati bilan tayyorlangan esdalik sovg‘alarini topshirdi. Ta’kidlash joiz, “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-martdagi 134-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazlarida davolanayotgan bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya berishni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, 2025-yil 16-aprel kuni Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qoshidagi “Mehrli maktab” o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan bo‘lib, mazkur hamkorlik bolalarning ta’lim olishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 













