SamDPI sportchilari “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” final bosqichiga yo‘l oldi

  • 2026-06-03
  • 34
SamDPI sportchilari “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” final bosqichiga yo‘l oldi
SamDPI sportchilari “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” final bosqichiga yo‘l oldi

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova 2026-yil 5–11-iyun kunlari Olimpiya shaharchasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” respublika final bosqichi musobaqalarida ishtirok etadigan sportchi talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida rektor sportchilarga musobaqalarda omad tilab, ularning kuch va salohiyatiga ishonch bildirdi. Shuningdek, institut jamoasi nomidan jamoalarga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tiladi. Mazkur respublika final bosqichida institutimiz sharafini jami 36 nafar sportchi talaba himoya qiladi. Ular quyidagi sport turlari bo‘yicha ishtirok etadi: — qo‘l to‘pi — 14 nafar; — voleybol — 14 nafar; — yengil atletika — 8 nafar. Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi sportchi talabalarga ushbu nufuzli musobaqada omad, muvaffaqiyat va munosib natijalar tilaydi. 

Tags
Share This Post