- 2026-06-06
- 37
Shahzoda Negmatova “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
5-iyun kuni Olimpiya shaharchasida ilk bor tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning respublika final bosqichi tantanali ravishda ochildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jumladan Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova hamda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan talaba-sportchilar ishtirok etdi. 11-iyunga qadar davom etadigan musobaqalarda mamlakatimizning eng sara talaba-sportchilari sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib boradilar. Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasiga ushbu nufuzli musobaqalarda ulkan zafarlar va munosib natijalar tilaymiz!







