SamDPI talabalari yengil atletika bahslarida yuqori natijalarga erishdi!

  • 2026-06-07
  • 19
SamDPI talabalari yengil atletika bahslarida yuqori natijalarga erishdi!
SamDPI talabalari yengil atletika bahslarida yuqori natijalarga erishdi!

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichida Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari yengil atletika bahslarida munosib ishtirok etib, institutimiz sharafini yuksak darajada himoya qildilar. Musobaqaning 400 metr va 800 metr masofalarga yugurish bahslarida Quvonchbek Raxmatullayev barcha raqiblarini ortda qoldirib, 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Estafeta yo‘nalishida esa Quvonchbek Raxmatullayev, Munisjon Sulaymonov, Azimjon Raxmonov va Azizbek Omonovlar bronza medalga sazovor bo‘ldilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Samarqand davlat pedagogika instituti yengil atletika jamoasi 2 ta oltin va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, musobaqada munosib natija qayd etdi. SamDPI jamoasi ishonch bildirgan institutning sovrindor sportchilari hamda ularning murabbiylarini samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi musobaqalarda ularga yangi zafarlar, yuksak natijalar hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. SamDPI — g‘alabalar sari dadil odimlamoqda!

Tags
Share This Post