• Kirish

“Ota-onalar va ustozlar bogʻi” barpo etilmoqda

  • 2024-04-03
  • 3297
“Ota-onalar va ustozlar bogʻi” barpo etilmoqda

     O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toyloq tumani "Darg'om O'rmon" ishlab chiqarish korxonasiga tegishli hududdan ijara asosida olingan yerga 2012 dona terak ko‘chatlarini ekish ishlari yakuniga yetkazildi.

     Ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, ya'ni qurib qolishini oldini olish, mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish, sug'orish, turli zararkunanda hasharotlarga qarshi kimyoviy ishlov berish kabi bir qator amaliy ishlarni davom ettirish ko'zda tutilgan.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING