- 2026-06-10
- 1461
Samarqandlik yoshlar “Tashabbuslar marafoni”da birlashmoqda
“Yoshlar oyligi” doirasida respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan yirik loyiha — “Tashabbuslar marafoni” ayni damda Samarqand viloyatida yuqori ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Marafon doirasida axborot texnologiyalari, startaplar, tadbirkorlik, madaniyat va kitobxonlik kabi zamonaviy yo‘nalishlarni qamrab olgan loyihalar yoshlar e’tiboriga havola etilmoqda. Mazkur marafonda Samarqand davlat pedagogika instituti yoshlari ham faol ishtirok etib, o‘z tashabbuslari, g‘oyalari va loyihalari bilan jarayonlarda munosib qatnashmoqda.










