Rahbarga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan manzilli ishlar o‘z samarasini bermoqda

  • 2026-06-11
  • 17
Rahbarga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan manzilli ishlar o‘z samarasini bermoqda
Rahbarga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan manzilli ishlar o‘z samarasini bermoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan uyushmagan, bandligi ta’minlanmagan hamda hayotda o‘z o‘rnini topishda qiynalayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida individual yondashuv asosida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim doirasida mas’ul rahbarlar tomonidan yoshlarning muammolari manzilli o‘rganib borilmoqda. Mazkur tashabbus asosida joriy yilning 11-may kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Shahzoda Negmatova Jomboy tumanining “Qoramo‘yin” mahallasida bo‘lib, vaqtincha ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Uchrashuvda yoshlarning yashash sharoiti, ehtiyojlari va bandlik masalalari atroflicha o‘rganilib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Bugun esa ushbu manzilli ishlarning natijasi sifatida 2 nafar yoshga o‘zini o‘zi band qilish va daromad topishiga ko‘maklashish maqsadida kompyuter va printer qurilmalari topshirildi. Yoshlar bildirilgan e’tibor va ishonch uchun minnatdorlik bildirib, berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda o‘z hayot yo‘lini topishlarini ta’kidladilar.

Share This Post