- 2026-06-11
- 25
Shahzoda Negmatova institutda faoliyat yuritayotgan sport yo‘nalishi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlariga oid qator ustuvor masalalar muhokama qilindi. Xususan, respublika miqyosida amalga oshiriladigan seleksiya jarayonlari, abituriyentlar uchun yaratilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, xorijiy talabalarni sport yo‘nalishlariga keng jalb etish, mazkur yo‘nalishlarning xalqaro jozibadorligini oshirish hamda kelgusi o‘quv yilidan boshlab ochilishi rejalashtirilayotgan yangi sport ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston” talabalar olimpiadasida yuqori natijalarga erishgan bitiruvchi bosqich talabalari bilan ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ularning ilmiy va sport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, eng munosib nomzodlarni magistratura bosqichiga jalb etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi hamda sport ta’limi sifatini yanada oshirish, istiqbolli tashabbuslarni izchil davom ettirish va ta’lim samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi.


