• Kirish

Samarqand Fransuz alyansi bilan hamkorlik o'rnatildi

  • 2024-04-04
  • 2245
Samarqand Fransuz alyansi bilan hamkorlik o'rnatildi

     Mazkur alyans O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga 
Fransiya oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilishda yordam beradi. 

     Bugun institut xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Mahmud Jumayev va Samarqand Fransuz alyansi direktori Gulnoz Yormatova, o'quv koordinatori Maftuna To'rayevalar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda ikki tashkilot o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti bilan fransuz OTM lari o'rtasida keng qamrovli aloqalarni tashkil etish masalalari muhokama etildi.  

     Shuningdek, talabalarga alyansda tashkil etilgan fransuz tili darslari, DELF, DALF, TCF va TCF Canada xalqaro til bilish sertifikatlari uchun imtihonlar, fransuz OTM larida bakalavr, magistratura, doktorantura bosqichlarida tahsil olish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING