Samarqand davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

  • 2026-06-15
  • 12
Samarqand davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.
Samarqand davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

Samarqand davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda. Hurmatli abituriyentlar! Institutimizda qabul jarayonlariga oid barcha ma’lumotlarni ochiq, aniq va tezkor yetkazish maqsadida "Maslahat markazi" hamda "Call-markaz" faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Siz ushbu markazlar orqali bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari, qabul shartlari, kasbiy (ijodiy) imtihonlar hamda ta’lim jarayoniga oid barcha savollaringiz bo‘yicha ishonchli va batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Aziz yoshlar! O‘z oldingizga qo‘ygan maqsad sari dadil intiling. Shuni unutmangki, oliy ta’limga kirish jarayoni faqat bilim va halol mehnat natijasida amalga oshiriladi. Sizga “o‘qishga kiritib qo‘yish”, “yuqori ball olib berish” kabi yolg‘on va asossiz va’dalar bilan murojaat qiladigan shaxslarga ishonmang. Bunday holatlar firibgarlik ekanini yodda tuting. Faqat o‘z bilimingiz, mehnatingiz va imkoniyatingizga tayaning. Hurmatli ota-onalar! So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari to‘liq shaffoflik, ochiqlik va adolat tamoyillari asosida tashkil etib kelinmoqda. Shu bois, farzandingiz taqdiriga befarq bo‘lmagan holda, turli noqonuniy va ishonchsiz takliflarga aldanib qolmaslikka chaqiramiz. Qabul va imtihon jarayonlari mutlaqo adolatli va belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Farzandlaringizni faqat o‘z bilimiga tayanishga undang. Hurmatli professor-o‘qituvchilar va qabul jarayoniga mas’ul xodimlar! Qabul jarayonlari, xususan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishda yuksak mas’uliyat, xolislik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish barchamizning ustuvor vazifamizdir. Har bir abituriyentning bilim va salohiyati adolatli baholanishi shart. Jarayon davomida har qanday nojo‘ya holatlar, manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsion harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratga olinadi. Halollik va adolat — bizning eng muhim mezonimizdir. Hurmat bilan, Shahzoda Negmatova Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor

Share This Post