Samarqand davlat pedagogika instituti professori I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

  • 2026-06-15
  • 74

Samarqand davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar fakulteti tarix kafedrasi professori Kushakov Shuxrat Saliyevich O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "Nuroniy" jamg‘armasi Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq I darajali"Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofot ustozning ko‘p yillik samarali mehnati, ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona xizmatlarining munosib e’tirofidir. Shu munosabat bilan hurmatli professor Kushakov Shuxrat Saliyevichni ushbu nufuzli mukofot bilan samimiy tabriklaymiz. Ustozimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va pedagogik faoliyatlarida yangi yutuqlar hamda ko‘plab shogirdlar kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz. Mukofotingiz muborak bo‘lsin!

Share This Post